Assalomu Alaykum Dunyo!

Written by Islom

July 23, 2017

Lorem ipsum dolor sit amet…

Yoshim o‘n to‘qqizda. Toshkentda dasturchi bo‘lib ishlayman.

Aslida bu mening ikkinchi blogim, bundan oldin tumblr blogim bo‘lgan va unda bor yo‘g‘i bitta chala o‘zim yozgan postcha bor.

Nega tumblr‘da yozishni davom ettirmaganim sababi, O‘zbekistonda tumblr blockga tushib qolaverishidir. Bir kun ishlaydi, bir kun ishlamaydi. Buni oldini olish yo‘li bitta edi. Bu ham bo‘lsa ishonchli joyda yangi blog qilish edi. Ko‘zim Github Pagesga tushdi. Githubni blockga tushirish ahmoqona fikrligini bilganim uchun shuni ishlatishga qaror qildim.

Oddiygina blogcham Node.js da qilingan Wintersmith nomli statik sayt generatorda qilingan. Sayt dizayni ham tayyorini ishlatganman faqat background-color:#fff xolos. Wintersmith sabab birato‘la Jade(Pug)ni ham o‘rganib oldim.

<disclaimer>Bu blogimda nafaqat O’zbekcha, boshqa tillarda ham yozishim mumkin.​</disclaimer> Texnika, dasturlashga oid va boshqa narsalarni yozishim mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat. Keyingi postgacha xayr sog‘ salomat bo‘ling.

comments powered by Disqus